Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Farg‘ona va Namangan viloyatlarida hokimlik vakillarining korrupsion faoliyatiga oid holatlar fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bog‘dod tumani hokimining o‘rinbosari $8 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Tekshiruvda aniqlanishicha, u xizmat mavqeyidan foydalanib, Beshariq tumanida yashovchi fuqaro «e-auksion» orqali ijara huquqi bilan olgan 2,4 sotix yer maydonini boshqa shaxsga mulk sifatida o‘tkazib berishni va’da qilgan.
Namangan shahrida o‘tkazilgan yana bir tadbirda shahar hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi «Yashil makon» loyihasi doirasida ajratilgan yerning 8 sotix qismini bir yilga noturar...