Avtoolamda yashil energiya ulushi ortib bormoqda.. «Kursiv» nashrining navbatdagi materialida Chevrolet Tracker narxidagi elektromobillar bilan tanishishingiz mumkin.
Oʻzbekistonda Chevrolet Tracker 2ʼning narxi 215 mln soʻmdan boshlanadi. Shu narx atrofida qaysi turdagi elektromobillarni xarid qilish mumkin?
JAC iEV6E
Modelning elektromotor quvvati: 45 kW boʻlib, yuqori tezligi: 102 km/soatni tashkil etadi. Bir martalik toʻliq zaryadlash bilan 310 km masofani bosib oʻtish mumkin. Krossover 100 km masofaga 14 sekundda erisha oladi. Modelning Oʻzbekistondagi narxi 194 mln soʻmdan boshlanadi.
Changan BenBen E-Star
55 kw elektromotor quvvatiga ega ushbu avtomobilning yuqori tezligi 125 km/soatni tashkil etadi. Ushbu krossover bir martalik toʻliq quvvatlanish bilan...