Andijonda oltin quymalarni noqonuniy olib chiqishga uringan ona va qiz ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Baliqchi tumanida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan ayol va uning 2006-yilda tug‘ilgan qizi jami og‘irligi 473 gramm bo‘lgan, 7 dona nostandart shakldagi oltin quymalarni kiyimlari ostiga yashirgan. Ular umumiy qiymati 819 mln so‘mga teng bo‘lgan oltinlarni Xo‘jaobod tumanidagi «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev bojxona orqali oltin olib o‘tish qanchaga tushishi haqida ma’lumot bergandi...