Xiaomi 18 Pro seriyasi Qualcomm’ning yangi Snapdragon 8 Elite Gen 6 va Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessorlarini bozorda birinchi bo‘lib qo‘llaydigan smartfonlar qatoriga kiradi.
Xiaomi 18 Pro va 18 Pro Max turli chiplarni oladi
Xiaomi 18 Pro standart Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessori bilan jihozlanadi. Xiaomi 18 Pro Max esa kuchliroq Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 chipini oladi.
Kompaniya bu yondashuv orqali seriya ichidagi modellarni imkoniyatlari va unumdorligi bo‘yicha aniqroq ajratmoqchi.
Xiaomi sun’iy intellekt imkoniyatlariga urg‘u bermoqda
Xiaomi smartfonlar bo‘limi rahbari Lu Weibing kompaniya Qualcomm’ning yangi ko‘p flagmanli strategiyasidan foydalanib, turli toifadagi foydalanuvchilar...