
Magnus Karlsen tomonidan Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bo‘ladigan bahsda yaqqol favorit deb ataldi. Bu haqda u Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Jahon chempioni unvoni uchun uchrashuv 24-noyabrdan 12-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Karlsen Sindarovning imkoniyatlarini yuqori baholadi
Karlsenning fikricha, Sindarov bo‘lajak bahsda g‘alaba qozonish uchun yuqori imkoniyatga ega.
Norvegiyalik grossmeyster Gukesh so‘nggi paytlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelayotganini qayd etdi. Uning fikricha, hindistonlik shaxmatchi ayrim vaziyatlarda o‘z pozitsiyalarini ortiqcha baholashga moyil bo‘lib, bu o‘yin natijasiga ta’sir qilishi mumkin.
Shu bilan birga, Karlsen Gukeshning Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi natijalarini ham e’tirof etdi. Hindistonlik grossmeyster musobaqada besh imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘argan.
Avvalroq «Kursiv” Javohir Sindarov muvaffaqiyatida Nodirbek Abdusattorovning o‘rnini aytgani haqida yozgan edi.