Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida Kaspiy dengizi sohilida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy xizmatchini to‘lqin dengizga olib ketdi. Ulardan 9 nafari halok bo‘lgan, yana uch kishi qutqarilgan. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Harbiylarni kuchli shamol dengizga olib ketgan
Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 24-sentabr kuni Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Harbiy-dengiz kuchlarining mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan.
Harbiylar Kaspiy dengizi sohilida o‘quv-jangovar vazifani bajarayotgan paytda ob-havo sharoiti keskin yomonlashib, shamol kuchaygan. Oqibatda 19 nafar harbiy xizmatchini to‘lqin dengizga olib ketgan.
Hozircha 9 nafar harbiyning halok bo‘lgani tasdiqlangan. Uch kishi qutqarilgan, ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan harbiylarni qidirish ishlari...