ALIPH va Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo uchun grant e’lon qildi. Tanlov iqlim o‘zgarishi va ofatlardan madaniy merosni asrashga qaratilgan. Grant tashabbusi Arol madaniy sammiti doirasida e’lon qilindi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Loyihaga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston jalb etiladi. Arizalar 2025-yil 31-iyulgacha CET vaqtida qabul qilinadi. G‘oliblar 2025-yil dekabrda aniqlanishi rejalashtirilgan.
Grantlar ikki turda taqdim etiladi: kichik (27 ming yevrogacha) va o‘rta (180 ming yevrogacha). Ularga NNTlar, universitetlar va ilmiy markazlar ariza topshirishi mumkin.
Grantlar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi, ALIPH ularni boshqaradi. Mahalliy hukumatlar va madaniyat muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu ALIPH’ning so‘nggi bir yildagi...