2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘oniston import qilgan unning 47 foizini ta’minlab, bu yo‘nalishda yetakchi davlatga aylandi. Bu haqda mustaqil tahlilchi Marina Sidak 18-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Asia Grains & Oils Conference xalqaro anjumanida ma’lum qildi.
Raqamlarga ko‘ra, 2024-yilda Afg‘oniston O‘zbekistondan 1,2 mln tonna un xarid qilgan. O‘rtacha narx 1 tonna uchun $273ni tashkil etgan. Qozog‘iston esa 1,1 mln tonna un yetkazib bergan bo‘lib, narx $265 atrofida bo‘lgan.
2025-yilning dastlabki olti oyida ham O‘zbekiston o‘z yetakchilik mavqeini saqlab qoldi. Bu davrda Afg‘onistonga 691 ming tonna un jo‘natildi. Shu vaqt ichida Qozog‘iston 537 ming tonna, Rossiya esa atigi 14 ming...