Vyetnamda yuz berayotgan suv toshqinlari 102 nafar odamning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Asia News Network nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Dak Lak viloyati eng katta aziyat ko‘rdi: 63 kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan. Khanh Hoa’da 14 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Suv toshqinlaridan Quang Tri, Thua Thien Hue, Da Nang va Gia Lai kabi hududlarga ham katta talafot yetdi.
Dastlabki iqtisodiy zarar taxminan 9,035 trln VND ($343 mln atrofida)ni tashkil qilmoqda. Dak Lak, Khanh Hoa va Dong Nai havzalaridagi daryolar pasaymoqda, ammo suv darajasi yuqoriligicha turibdi. Khanh Hoa’da Dien Dien va Hoa Tri qishloqlarida...