Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi, Ozarbayjonning davlat neft kompaniyasi SOCAR va «O‘zbekneftgaz» AJ o‘rtasida mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
Ushbu bitim Ustyurt neft-gaz hududidagi investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlari va keyinchalik uglevodorodlarni qazib olishni nazarda tutadi.
Bitimga ko‘ra, kamida ming kvadrat kilometr maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari amalga oshiriladi va natijalarga asosan bitta quduqda geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi.
Sanoat miqyosidagi uglevodorod zaxiralari topilsa, tomonlar ularni o‘zlashtirish va qazib olish ishlarini boshlaydi.
Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimga (MTB) koʻra, investor neft-gazni izlash, qazib olish va oʻzlashtirish ishlarini bajaradi. Shuningdek, u sarflagan xarajatlarini qazib olingan resurslarning bir qismi hisobidan qoplaydi, qolgan...