O‘zbekistonda moliyaviy hisobvaraqlarga ega aholining ulushi 60 foizga yetdi. Bu haqda «Moliyaviy inklyuzivlik va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirishda xalqaro pul o‘tkazmalarining ahamiyati» mavzusidagi konferensiyada ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, so‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlardan foydalanayotgan aholining ulushi sezilarli oshdi. 2017-yilda atigi 37 foiz aholi bank hisobvarag‘iga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 60 foizga yetdi. Ayniqsa, ayollar orasida o‘sish yanada kuchli bo‘lib, ularning 61 foizi moliyaviy hisobvaraq ochgan. Erkaklarning ko‘rsatkichi esa 59 foizni tashkil etdi.
«Oʻzbekistonda hisob raqamlariga ega ayollar ulushi 61 foizga yetdi, bu erkaklarnikidan (59%) yuqori. Bu gender tengligiga erishishda muhim bosqichdir...