Elit Osiyo chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidan oʻrin olgan bahsda Qarshining «Nasaf» klubi safarda turnirning amaldagi chempioni «Al Ahli» mehmoni boʻldi va yakunda 4:2 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Uchrashuvda hisob 34-daqiqada Husayn Norchayev tomonidan ochildi. «Ajdarlar» hujumchisi Merih Demiralning xatosidan soʻng birga-bir vaziyatda Eduard Mendini dog‘da qoldirdi.
Ikkinchi gol ham uzoq kuttirmadi. 41-daqiqada Oybek Bozorovning qulay uzatmasidan soʻng Norchayev yana darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va dublni rasmiylashtirdi.
Ikkinchi boʻlim nisbatan «Al Ahli»ning ustunligi bilan boshlandi va bu taym o‘rtalariga kelib o‘z samarasini berdi. Jiddaliklar yarimhimoyachisi Enso Millot 65 va 68-daqiqalarda gol urib hisobni tenglashtirdi.
Mezbonlarning har ikki...