«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 7-noyabrdan 14-noyabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,67 foizga oshdi.
Ushbu davr mobaynida «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 4,91 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Qizilqumsement» (+4,84%) va «Biokimyo» (+4,65%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «O‘zbektelekom» aksiyalari 9,66 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Dori-Darmon» (-6,37%) va «Aloqabank» (-4,65%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Chilonzor buyum savdo kompleksi» va «Ipoteka-bank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «Aloqabank» (614 ta bitim), «Qizilqumsement» (490 ta) va «Hamkorbank...