Amerikalik mashhur aktyor Tom Kruz kinematografga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy Oskar bilan taqdirlandi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Mukofot aktyorga kinoijodkorlar hamjamiyatiga, kino tomosha madaniyatiga hamda kaskadyorlik sohasiga ko‘rsatgan sadoqati uchun topshirildi. Statuetkani Kruzga ayni paytda u bilan yangi film ustida ishlayotgan rejissor Aleksandro Gonsales Inyarritu taqdim etdi.
Mukofotni qabul qilib olar ekan, Tom Kruz uchun kino – dunyoni kezish va insonlarni chuqurroq tushunishning eng kuchli vositasi ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kino turli madaniyatlar orasidagi farqlarni qadrlashni o‘rgatadi, lekin odamlarni birlashtiradigan umumiy his-tuyg‘ular ham mavjud.
«Biz qayerdan bo‘lishimizdan qat’i nazar, kinoteatrda birga...