Olimlar saratonning barcha turlariga qarshi «universal» vaksinani ishlab chiqmoqda
Florida universiteti olimlari butunlay yangi yondashuv asosida yaratilgan mRNA asosidagi universal rak vaksinasini sinovdan o‘tkazdi. U har qanday o‘simtaga qarshi immunitetni faollashtirib, an’anaviy muolajalarga ehtiyojni kamaytirishi mumkin.
Loyihani boshqarayotgan onkolog Elias Sayour bu kashfiyotni kutilmagan va juda hayajonli natija deya ta’rifladi. Unga ko‘ra, vaksina hech qanday aniq o‘simta turiga qaratilmagan bo‘lsa-da, organizmda aynan rak hujayralariga nisbatan kuchli immun javob hosil qiladi.
Ushbu «universal» vaksina COVID-19 vaksinalariga o‘xshash texnologiyaga asoslangan bo‘lib, lipid nanozarrachalar yordamida tanaga yuboriladi. Farqli jihati shundaki, u virusga emas, balki rak hujayralarini fosh qiluvchi PD-L1 nomli protein ishlab chiqarishga undaydi...