Yevropa kengashi prezidenti Antonio Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Layen Markaziy Osiyo, xususan, Qozog‘iston bilan strategik hamkorlikning yangi bosqichga o‘tayotganini ta’kidladilar. Bu haqda matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Antonio Koshta Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalar tobora mustahkamlanayotganini qayd etdi:
«Biz investitsiya, savdo, energetika, muhim xomashyo va suv resurslari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni istaymiz», – dedi.
Ursula fon der Layen esa Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi Trans-Kaspiy transport koridori Qozog‘iston uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab o‘tdi:
«U yuk tashish vaqtini yarmiga qisqartiradi – atigi...