Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish va nazorat qilish tartib-qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Ma’lum qilinishicha, avvalgi tahrirda mavjud boʻlgan 26 ta atama endilikda 15 taga qisqartirildi. Shu bilan birga, hujjatga bir nechta yangi tushunchalar ham kiritildi:
Moliya agenti — moliyalashtirish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga (litsenziyaga) ega boʻlgan banklar va boshqa kredit yoki tijorat tashkilotlari; Faktoring — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qarzdorlik boʻyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish jarayoni.Shuningdek, tashqi savdo shartnomasi doirasida bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar Tashqi savdo operatsiyalarini yagona elektron axborot tizimiga (TSOYaEAT) tegishli dalolatnomalar nusxasi yuklangandan soʻng bajarilgan deb hisoblanadi.
Moliya agentining rezident yoki norezident boʻlishiga qarab...