Yangilangan Chevrolet Onix avtomobili keyingi avlodi Janubiy Koreyaning budjet xetchbeki Hyundai HB20 bilan bir xil platformada ishlab chiqiladi. Bu haqda Daily Motor nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Onix tashqi ko‘rinishda Hyundai HB20’dan ko‘p farq qilmaydi. Faqat ayrim dizayn elementlari o‘ziga xos bo‘ladi. Avtomobil uzunligi 4,1 metr, g‘ildirak bazasi 2,6 metr, bagaj hajmi esa 330 litrni tashkil etadi.
Dizayn jihatdan avtomobil klin shaklidagi faralar, ularni tutashtiruvchi LED chiziq, cho‘zilgan kapot va ixcham radiator panjarasi bilan ajralib turadi. Interyer va dvigatel liniyasi ham Hyundai HB20’dan olinadi.
Yangi Onix bazaviy versiyalarda 1 litrli atmosferali Flex-Fuel dvigateli va 5 pog‘onali mexanik...