Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasidagi muammoga yechim topdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Samsung Galaxy S25 liniyasi uchun One UI 8’ning beshinchi beta-versiyasi chiqarildi. Yangilanish Germaniya, Hindiston, Buyuk Britaniya va AQShda tarqatilmoqda. Uning kodi ZYH6 bo‘lib, hajmi 1,78 GB ni tashkil etadi.
Ushbu versiyaga avgust xavfsizlik patchi kiritilgan va Android hamda One UI’dagi o‘nlab zaifliklar bartaraf etilgan. Shuningdek, dasturda o‘nta xato tuzatildi. Eng muhim yangilik – 100 karra zoom rejimida Oy tasviri binafsha tusda chiqib qolish muammosi bartaraf etilgani bo‘ldi. Hozircha Samsung oltinchi beta-versiyani chiqaradimi yoki darhol yakuniy One UI 8 reliziga o‘tadimi noma’lum. Yakuniy versiya...