Qashqadaryoda 470 ming odam ish bilan ta’minlanadi, 150 ming kishi kambag‘allikdan chiqariladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qayd etildi.
Kitob tumani, Qarshi va Shahrisabz shaharlari «ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud»ga aylantirilishi rejalashtirilgan.
Shahrisabz tumanidagi Hisorak-G‘elon yo‘li bo‘yida 16 gektar, Qamashida 65 gektar, G‘uzorda 42 gektar yer maydonlarini turizm maskanlariga aylantirish mumkinligi aytildi. Shuningdek, Chiroqchidan o‘tgan 103 gektar sohil bo‘yida dam olish zonalari barpo etish imkoniyati bor.
Ko‘kdala tumanidagi Chiyal bozori yaqinida har yakshanba chiyal yaxnasi tayyorlanadi va sotiladi. Agar bu hududda mehmonxona va avtoturargohlar qurilsa, bozor kunlik ishlay boshlaydi. U oyiga...