Mercedes-Benz kompaniyasi 2025-yilgi model yili uchun flagman S-Class sedanining yangilangan versiyasini rasman namoyish qildi. Ushbu model Xitoyda boshlangʻich narxi $132 ming dollar narxda baholanmoqda. Yuqori versiyadagi avtoulovning narxi narxi $280 mingdan oshadi.
Modelning oʻlchamlari oʻzgarmagan: uzunligi 5320 mm, kengligi 1921 mm, balandligi 1503 mm. Yangi detallar dinamik yulduz yorugʻligi boʻlib, bu eshiklar ochilganda oʻziga xos yorugʻlik naqshini aks ettiradi.
Yangilangan S-Classning interyeri endi 12,3 dyuymli 3D asboblar paneli displeyi, 12,8 dyuymli OLED multimedia ekrani va proyeksiyali displeyga ega. Orqa yoʻlovchilar qulaylik funksiyalarini boshqarish uchun ikkita 11,6 dyuymli ekran va 7 dyuymli planshet bilan ta’minlangan.
MBUX tizimi orqadagi yoʻlovchilarning buyruqlarini...