Tesla kompaniyasi Germaniyadagi Nurburgring poyga trassasida yangilangan Model S Plaid va Model Y Performance elektromobillarini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Auto Car nashri xabar berdi.
Model Y’da old tomonda uzluksiz LED chiroq va yanada silliq korpus shakli ko‘zga tashlanadi. Model S’da esa yangilangan bamper va radiator panjarasi mavjud. Ikkala modelda ham qo‘shimcha aerodinamik elementlar kuzatildi:
Model S Plaid’da — yanada agressiv havo olish teshiklari; Model Y’da — uzun orqa spoyler, bu havo qarshiligini kamaytirishga xizmat qiladi.Tesla hozircha yangilangan modellar texnik xususiyatlarini oshkor qilgani yo‘q. Ammo Autocar taxminiga ko‘ra, Model S Plaid’ga Cybertruck’dagi kabi 800-voltli arxitektura joriy qilinishi mumkin...