O‘zbekistonliklarning 58 foiz qismi ishda eng ko‘p daromad darajasini muhim deb hisoblaydi. HeadHunter platformasi bu borada so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, 46 foiz ishtirokchi uchun qiziqarli vazifalar va rivojlanish imkoniyati, 43 foiz uchun esa jamoa va ish muhiti muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, 12 foiz respondent o‘z ishidan umuman zavq olmayotganini bildirgan.
Ishdan norozilikka asosiy sabab past maosh bo‘lib, bu 50 foiz ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan. Keyingi o‘rinlarda hissiy charchoq (33 foiz) va karyera o‘sishining yo‘qligi (30 foiz) turadi. Faqat 16 foiz respondent ishidan to‘liq mamnun ekanini bildirgan.
Ish joyini o‘zgartirmayotganlar orasida 42 foiz mos keladigan ish topa olmasligini, 38 foiz...