1-iyul kuni so‘m qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston Markaziy banki milliy valyutaga oid bir qancha faktlarni e’lon qildi.
«Markaziy bank tomonidan 1991 – 1993-yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda koʻp izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganildi. 1993-yilning 15-noyabridan boshlab toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-kupon» muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oshirish borasida ma’lum tajribaga ega boʻlish uchun «Soʻm-kupon» oʻtish valyutasi sifatida xizmat qildi”, deyiladi xabarda.
1994-yil 1-iyuldan boshlab OʻzR milliy valyutasi «soʻm» muomalaga kiritila boshlandi. 1997-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 1999-yilda 500 va 2000-yilda 1000 soʻmlik pullar...