2024-yil yakunlari boʻyicha Chevrolet Cobalt Oʻzbekiston avtomobil bozorida yetakchilikni saqlab qoldi. Focus2Move tahlilchilariga koʻra, ushbu avtomobil savdosi yil davomida 24,7 foizga oshgan.
Eng ommabop modellar orasida ikkinchi oʻrinni Daewoo Damas egalladi, uning sotuvlari 58,8 foizga oʻsgan.
Chevrolet brendi Oʻzbekiston avtomobil bozorining 58,5 foizini egalladi va yil yakunlariga koʻra sotuvlarni 1,2 foizga oshirishga erishdi. Ikkinchi oʻrinni bozorning 21,9 foizini egallab, yillik 39,4 foiz oʻsish koʻrsatgan Daewoo band etdi. Uchinchi oʻrinni esa Kia egalladi.
Oʻzbekistonda mashhurligi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda Xitoyning BYD brendi qayd etildi. Yil yakunlariga koʻra, kompaniyaning mamlakatdagi savdosi 113,2 foizga oshgan.
Tahlilchilarning fikriga koʻra, Oʻzbekistonda elektromobillar bozorining yillik oʻsishi...