Oʻzbekistondan Xitoyning Xaynan oroliga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi xabar berdi.
Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Xitoy sayyohlik biznes forumida bu tashabbus muhokama qilindi. Reyslar iyun oyidan boshlab haftada bir marta amalga oshirilishi kutilmoqda. Kelajakda reyslar chastotasini haftasiga uch martaga yetkazishi ko‘zda tutilgan.
Reyslarni tashkillashtirish uchun «Prestige Travel» kompaniyasi mas’ul boʻldi. Uning direktori Oybek Ahmedovning soʻzlariga koʻra, kompaniya 2023-yilda Xitoyga 10 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarosini joʻnatgan.
«Bundan tashqari, minglab xitoylik sayyohlarni mamlakatimizga olib keldik. Yana bir bor taʼkidlayman: amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatlar fuqarolari sifatli dam olishlari uchun juda muhim», dedi u.
Xaynan...