O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Shusha shahriga keldi. Shushada uni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.
TDT ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari rahbarlari Ilhom Aliyev bilan birgalikda Shusha shahrida amalga oshirilayotgan turli loyihalar va yutuqlar bilan tanishishdi. «Qorabog‘ durdonasi» va «Ozarbayjon musiqasi beshigi» deb atalgan bu shahar 2021-yildan buyon Ozarbayjonning madaniy poytaxti bo‘lib, 2023-yilda turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilingan. Bu yil Shusha va Oʻzbekistonning Xiva shahri birodarlashgan shaharga aylandi.
Mehmonlar Shusha shahrida so‘nggi o‘ttiz ikki yil ichida birinchi marta qurilgan 8 gektarga yaqin maydonni egallagan va 23 binodan iborat yangi turarjoy...