Shavkat Mirziyoyev rahbarligida meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, mahsulot eksportini ko‘paytirish va ichki bozorda barqaror narxlarni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yurtimizda paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga 360 ming gektar yer dehqonchilik uchun ajratildi. 2023-yilda oziq-ovqat eksporti $2 mlrddan oshib, O‘zbekiston dunyoda o‘rik, gilos va shaftoli eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egalladi.
Lekin ayrim hududlarda imkoniyatlar yetarlicha ishlatilmayapti. Shu bois, fermer xo‘jaliklari va xonadonlarga sifatli urug‘, o‘g‘it hamda agrotexnik yordam ko‘rsatish choralari ko‘riladi. Mahallalardagi ko‘chalar va dala chetlaridagi 650 ming gektar...