2025-yilning birinchi choragida Oʻzbekiston avtomobil bozori sotuvlarning 19,7 foizini yoʻqotdi. Bu pasayish tarifsiz cheklovlarning kuchayishi va xarid faolligining susayishi bilan bogʻliq boʻldi.
Soha mutaxassislari ma’lumotiga koʻra, yanvar oyida bozor hajmi 12 foizga, fevralda 21,2 foizga, mart oyida esa 26,4 foizga qisqargan. Bu soʻnggi ikki yildagi barqaror oʻsishdan keyingi birinchi jiddiy pasayishdir. 2024-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda jami 423,6 ming dona avtomobil sotilgan.
Cobalt – bozor chempioni
Chevrolet brendi umumiy sotuvlarining 15,3 foizga kamayishiga qaramay, 67 foizlik ulush bilan bozor yetakchiligini saqlab qoldi. Daewoo 15,3 foizlik ulush bilan ikkinchi oʻrinni egalladi (sotuvlar – 16,6%). Kia bozorning uchinchi oʻrnida bo‘lib, oʻz...