Xitoyda 2026-yilgi Xpeng P7 elektromobili ilk bor ochiq, ya’ni kamuflajsiz holda suratga olindi. Bu haqda CarNewschina xabar bermoqda.
Futuristik dizaynga ega yangi sedan avgust oyida rasman taqdim etilishi kutilmoqda. Model 586 ot kuchiga ega bo‘lib, ilgari sotuvda bo‘lgan P7i o‘rnini bosadi.
Yangi P7 uzunligi 5017 mm, g‘avurligi 1970 mm, balandligi esa 1427 mm bo‘lib, 5 o‘rinli katta kupe-sedan shaklida ishlab chiqilgan. G‘ildiraklar bazasi 3008 mm, boshlang‘ich og‘irligi esa 2090 kg atrofida.
Modelning bir nechta versiyalari mavjud. Eng oddiy orqa g‘ildirakdan tortuvchi (RWD) variant 270 kVtli (363 ot kuchi) elektromotor va 74,9 kVt·soat sig‘imli LFP batareyaga ega. Bu 702 km...