10-iyuldan boshlab O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Arizani soat 9:00 dan boshlab my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga borib topshirish mumkin. Subsidiyani olish uchun ijtimoiy mezonlarga ko‘ra, ball to‘plash talab etiladi. Ballar arizachining daromadi, yoshi, oilaviy yoki ijtimoiy ahvoli va ish joyiga qarab belgilanadi. 2024-yildan boshlab subsidiya miqdori 30 mln so‘m qilib belgilangan.