O‘zbekistonda «Xavfsiz yo‘l» milliy dasturi boshlanadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligiga doir videoselektor yig‘ilishida e’lon qildi.
Yig‘ilishda joriy yilning dastlabki olti oyida 20 ta hududda yo‘l-transport hodisalari soni yuqoriligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, og‘ir oqibatli avariyalar sezilarli darajada kamaygan tuman va shaharlar ham borligi qayd etildi. Xususan, Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, Yangiobod, To‘raqo‘rg‘on, Oqqo‘rg‘on, Sayxunobod, Buloqboshi, Ulug‘nor, Bandixon tumanlari hamda Ohangaron, Shirin, Nurafshon va Xonobod shaharlarida vaziyat ancha barqarorlashgan, bu hududlarda birorta ham o‘lim bilan yakunlangan avariya qayd etilmagan.
Biroq Qiziltepa, Uychi, Paxtachi, Chust, Toyloq, Urgut, Shovot, Pastdarg‘om, Yakkabog‘, Qo‘shko‘pir, Xonqa, Denov, Peshku, Beruniy, Olmazor...