AQShning Texas shtatidagi kuchli yomg‘ir va toshqinlar oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Hozirda o‘nlab odamlar, jumladan, sayyohlar, lager ishtirokchilari va mahalliy aholi bedarak yo‘qolgan. Qurbonlar orasida 15 nafar bola ham bor. Eng ko‘p zarar Kerr okrugida kuzatildi. Shuningdek, Travis okrugida 4 kishi halok bo‘lgan, 13 nafar kishi bedarak yo‘qoldi. Kendall okrugida esa yana 1 kishi vafot etgani aytilmoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 52 nafar bo‘lishi ham mumkin. Ammo bu hozircha rasmiy tasdiqlanmadi.
Kuchli yog‘ingarchilik natijasida Guadalupe daryosi bo‘yida joylashgan hududlarga 38 sm gacha yomg‘ir yog‘di. 850 dan ortiq odam qutqarildi...