Chevrolet Cobalt Markaziy Osiyo mintaqasida hanuz ommabop sedanlardan biri hisoblanadi. Yil boshidan buyon 54,5 ming dona yangi Cobalt avtomobili sotilgan. Uni xaridorlar nafaqat birlamchi, balki ikkilamchi bozorda ham faol xarid qilmoqda. Kursiv Uzbekistan nashrining navbatdagi maqolasida Chevrolet Cobalt xarid qilishda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar yoritiladi.
Chevrolet Cobalt haqida
Chevrolet Cobalt – 1,5 litrli, 4 silindrli, 16 klapanli benzinli dvigatelga ega oila uchun qulay sedan. U 5 pog‘onali mexanik yoki 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan.
Dvigatel quvvati 106 ot kuchi (79 kVt) ni tashkil etadi. Uning maksimal aylantiruvchi momenti 134 Nm (4000 ayl./min) ga...