2025-yil oxiriga borib davlat qarzi hajmi $45,1 mlrd.ga yetishi mumkin. Prognoz Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etildi.
Unga ko‘ra, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 36,7 foizini tashkil etadi.
Tashqi qarz 2024-yil yakunida 33,9 mlrd.dan 39,4 mildr.ga ko‘tarilishi kutilmoqda. 2025-yilda davlat obligatsiyalarining sof chiqarilishi 30 trln so‘mni tashkil etadi.
Vazirlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib davlat qarzi 39,7 milliard dollarga teng bo‘ladi. Shu bilan birga, joriy yilda davlat qarzi 13,8 foizga o‘sadi, 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich yana 13,6 foizga oshishi prognoz qilinmoqda.
Bu raqamlar davlat moliyaviy siyosati uchun muhim ko‘rsatkich bo‘lib, iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar talab...