Rossiyaning Magnit chakana savdo tarmog‘i direktorlar kengashi kompaniya bosh direktorini sayladi. Bosh direktor Anna Meleshina tayinlandi. Oldin u Magnit kompaniyasining boshqaruvchi direktori lavozimida ishlagan edi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berilgan.
Meleshinaning vakolati uch yil davom etadi. U 15- yanvardan rasman Magnit rahbari lavozimiga kirishadi.
Direktorlar kengashi, shuningdek, kompaniyaning yangi boshqaruv kengashini sayladi.
Retailer portali qayd etganidek, 2023-yilning bahorida Magnitning sobiq bosh direktori Yan Dyunning kompaniya boshqaruv tuzilmasi o’zgarishini e’lon qildi. Ikkita yangi lavozim paydo bo’ldi: ijrochi va boshqaruvchi direktor. Ijrochi direktor Dyunning o‘zi bo‘ldi, boshqruvchi direktor esa avvalroq Heineken va Coca-Cola’da ishlagan Meleshina bo‘ldi.
Magnit...