Joriy yilning 20-yanvaridan O‘zbekistonda «Afrosiyob», «Nasaf», «O‘zbekiston» va «Sharq» poyezdlari uchun chiptalar narxi 20 foizga oshiriladi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari».
Xususan, «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yoʻnalishi boʻyicha «Afrosiyob» ekonom klassidagi chiptalar narxi 336 ming soʻmgacha, biznes va VIP klassdagilar mos ravishda 462 ming va 636 ming soʻmgacha qimmatlashadi.
«Toshkent – Qarshi – Toshkent» yoʻnalishi boʻyicha chiptalar narxi 282 ming soʻm (ekonom-klass), 390 ming soʻm (biznes klass) va 534 ming soʻmni tashkil qiladi (VIP klass).
«Toshkent – Samarqand – Toshkent» yo‘nalishida ekonom-klass uchun chipta narxi 204 ming so‘mgacha, biznes-klass uchun – 276 ming so‘mgacha...