Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov vatandoshlariga murojaat qilib, Qirg‘izistonda uranni boyitish bo‘yicha hech qanday ish olib borilmayotgani haqida gapirdi. Bayonot videosi respublika rahbarining rasmiy sahifalarida e’lon qilindi.
Qo‘shni davlat rahbarining aytishicha, respublikada yirik iqtisodiy loyihalar boshlansa, qayerdandir xorijiy kuchlar keladi.
Qirg‘iziston prezidenti videobloger Anastasiya Axmetovaning Issiqko‘lga uran konlarini o‘zlashtirish natijasida yuzaga kelgan ekologik tahdid haqidagi bayonoti tufayli mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.
Anastasiyaning soʻzlariga koʻra, Rotshildlar urugʻining fransuz boʻlimi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida tabiat qoʻriqlanadigan hududdagi uran koniga huquq olmoqch. Ayni vaqtda muzokaralarni Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Oqilbek Japarov olib borayotgani aytilmoqda.
Qirgʻiziston prezidenti bu yolgʻon ma’lumot ekanini ta’kidladi.