2025-yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekistonning real yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 6,8 foizga o‘sdi, 2024-yil yakunida esa bu ko‘rsatkich 6,5 foizni tashkil etdi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, 2025-yil aprel oyining oxirida inflyatsiya darajasi 10,1 foizni tashkil etdi. Solishtirish uchun, 2024-yil may oyida narxlar 10,6 foizga oshgan edi.
«Xalqaro zaxiralar sezilarli darajada yuqori. 2024-yilda konsolidatsiyalangan budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 1,7 foiz bandga kamayib, 3,2 foizni tashkil etdi», – deyiladi XVJ bayonotida.
XVJ mutaxassislariga ko‘ra, jahon savdosidagi noaniqliklarga qaramay O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish istiqbollari ijobiyligicha qolmoqda. Fond 2025 va 2026-yillarda...