Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumki, joriy yil 30-yanvar kuni o‘tkazilgan taqdimotda kompaniyada operatsion samaradorlikni oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va zaxiralarni ko‘paytirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan edi. Bugun davlat rahbariga mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Xususan, xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot taqdim etildi. Markaziy apparatning tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, optimallashtirilmoqda. Ishlab chiqarish xizmatlari, tovar-moddiy resurslar va pudrat ishlari narxlarini qayta ko‘rib chiqish hamda kredit portfelini tartibga solish ishlari boshlangan. Sohaga oid bo‘lmagan aktivlar...