Geely kompaniyasi o‘zining yangi o‘rta o‘lchamli gibrid sedanini – Galaxy A7 EM-i modelini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Bu avtomobil Geely’ning Leishen AI Hybrid 2.0 deb nomlangan eng yangi gibrid tizimi bilan jihozlangan birinchi model bo‘ladi.
A7 EM-i 2025-yilning uchinchi choragida Xitoy bozoriga chiqadi. Narxi 100 mingdan 130 ming yuangacha bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa taxminan $14 mingdan $18,2 minggacha degani. Xuddi shunday narxga Chevrolet Tracker avtomobilini xarid qilish mumkin. Modelni chegirmada 215 mln so‘mga ($17 ming) sotib olsa bo‘ladi. Geely kompaniyasining yangi modeli mahalliy bozorga kirib kelganida bojxona va qo‘shimcha to‘lovlar evaziga qimmatroq bo‘lishi...