Ayni paytda mamlakat ichida ayrim oziq-ovqat narxlari oshgani kuzatilmoqda. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.
Isroilning Eronga hujumlari sababli Turkmaniston o‘z hududi orqali xorijiy diplomatlar, ularning oilalari hamda boshqa fuqarolarning Eronni tark etishiga ruxsat berdi. Shu bilan birga, ayni paytda Turkmaniston ichki bozorida turli mahsulotlar, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshmoqda.
Xabarga ko‘ra, bir necha kun avval Ashxobodda Eron sigaretlarining bir qutisi 55 manat ($2,75) turgan bo‘lsa, hozirda uning narxi 75 – 80 manat ($3,75–$4) ga yetgan.
Shuningdek, ayrim oziq-ovqat narxlari, masalan, sut mahsulotlari va bozorlardagi sabzavotlar ham qimmatlashgan. Misol uchun, ilgari narxi 3 manatdan ($0.86) oshmagan piyoz hozirda...