Audi o‘zining Audi Q3 krossoverini to‘liq yangiladi va uchinchi avlod modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda Motor1 xabar bermoqda.
Yangi Q3 dizayni, saloni va texnik xususiyatlari bilan avvalgi avloddan keskin farq qiladi. Tashqi ko‘rinishda avtomobil faralarining yangi shakli e’tiborni tortadi. Asosiy chiroqlar qoraytirilgan oynalar ostida joylashgan bo‘lib, faqatgina yuqori qismdagi kunduzgi chiroqlar ko‘rinadi. Har bir farda 25,6 ming dona LED element mavjud. Orqa fonarlar esa pastki LED chiziq bilan ajratilgan. Ularning grafik uslubi sozlanadi.
Yangi Q3 oldingi Audi Quattro modelidan ilhomlangan g‘ildirak arkalari bilan taqdim etiladi. Boshlang‘ich modelda 17 dyuymli disklardan, eng yuqori versiyada esa 20 dyuymli disklardan...