O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron elchisi Muhammadali Iskandariy hamda Isroil elchisi Gideon Lustig bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, har ikkala uchrashuvda ham ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Eron elchisi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Isroil elchisi bilan uchrashuvda esa O‘zbekiston-Isroil munosabatlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Har ikkala uchrashuvda ham mintaqaviy muammolar, xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal...