Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini yomonlashtirdi – 5,5 foizdan 5,2 foizgacha.
Kelgusi yilda moliya tashkiloti respublika yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 5,4 foizga o‘sishini kutmoqda.
XVJ prognozlariga ko‘ra, joriy yilda Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti 3,9 foizga, 2025-yilda esa 4,8 foizga o‘sadi.
Bundan tashqari, moliya instituti ekspertlari jahon iqtisodiyotida asta tiklanishni kutishmoqda. Prognoz biroz yaxshilanib, 3,2 foizga ko’tarildi. Ilgari global yalpi ichki mahsulotning o’sishi 3,1 foiz darajasida kutilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi prognozi Jahon banki (JB) tomonidan ham yomonlashgan. Joriy yilda O‘zR YaIM 5,3 foizga o‘sadi. Yanvar oyidagi hisobotda bu ko’rsatkich...