Bugun, 23-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash va sohaga raqamli yechimlarni jadallik bilan joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda mexanizatsiya darajasini oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish hamda moliyalashtirish tizimini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya darajasi 81 foizga yetgan. So‘nggi yillarda mingdan ortiq paxta terish mashinalari xarid qilinib, paxta terimida texnika ulushi 52 foizga chiqdi. Natijada qo‘l mehnati sezilarli darajada kamaydi. Endilikda bu ko‘rsatkichni kamida 70 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.
2026-yilda 800 ta paxta terish mashinasi, shuningdek, minglab traktor, seyalka va kombaynlar xarid qilinadi. Umuman, yil davomida 10 mingta yangi texnika olib...