AQShning Los-Anjeles shahridagi Chatsworth hududida vertolyot qulashi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda BBC Los Angeles Fire Department ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Vertolyot ikki tijorat binosi orasiga qulagan
Hodisa seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 ga yaqin Lurline Avenue va Nordhoff Street hududida sodir bo‘lgan.
Los Angeles Fire Department vakilining ma’lum qilishicha, vertolyot ikki tijorat binosi orasiga qulagan. Hodisa ortidan ikkita yuk konteyneri va bir nechta avtomobil yonib ketgan. Yong‘in keyinchalik o‘chirilgan.
Bir kishi voqea joyida vafot etgan
LAFD kapitani Branden Silvermanning aytishicha, bir kishi vertolyot tashqarisida topilgan va voqea...