Lada avtomobillari Birlashgan Arab Amirliklari bozorida sotila boshlandi. Bu haqda «Avtopotok» ma’lum qildi. Rasmiy savdolar uchun olib kelingan ilk partiya avtomobillarning bir qismi allaqachon xaridorlarga topshirilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, avtomobillar test-drayvsiz sotilgan. Shunga qaramay, bu holat xaridorlarni to‘xtatmagan. Sotilgan modellari orasida Lada Aura biznes-sedani, Lada Iskra hamda sport talqindagi Niva Sport bor.
Avvalroq Lada Niva Travel BAA bozorida taxminan $17,7 mingdan taklif etilayotgani xabar qilingan edi. Lada Vesta narxi esa $22,6 mingdan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Lada Iskra Rossiyaning Lada brendi tomonidan ishlab chiqilgan yangi ommaviy yengil avtomobil hisoblanadi. Model AvtoVAZ zavodida yaratilgan bo‘lib, u Lada Granta va Lada Vesta o‘rtasidagi...