Tesla va Starlink kompaniyalari yangi avlod Starlink V5 sun’iy yo‘ldosh internet terminali haydovchisiz Cybercab robotaksisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri integratsiya qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
E’lon qilingan sxemaga ko‘ra, antenna avtomobil tomiga kameralar va boshqa sensorlar yoniga joylashtirilgan.
Internet uzilsa ham avtomobil harakatda davom etadi
Cybercab’dagi Full Self-Driving (FSD) tizimi AI4 hisoblash platformasida ishlaydi. Tesla’ning ta’kidlashicha, avtomobil internet aloqasi uzilib qolgan taqdirda ham yo‘l holatini tahlil qilish, marshrutni belgilash va harakatni mustaqil boshqarishda davom etadi.
Starlink qanday vazifalarni bajaradi
Sun’iy yo‘ldosh interneti dasturiy ta’minotni yangilash, real vaqt navigatsiyasi, dispetcherlik tizimi bilan aloqa, masofaviy...