Ijtimoiy tarmoqlarda bank mijozlaridan omonat hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini yechishda ularning manbasi so‘ralayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank ushbu masalaga rasmiy munosabat bildirdi.
Regulyatorning ma’lum qilishicha, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar omonat hisobvaraqlaridan pul yechib olayotganda ularning kelib chiqish manbasi so‘ralmaydi.
Shuningdek, Markaziy bank moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishida yuzaga kelayotgan muammolarni muntazam o‘rganib borishini va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishini eslatib o‘tdi.
Agar fuqarolardan bank omonatidagi mablag‘ni yechishda uning kelib chiqish manbasi haqida ma’lumot talab qilinsa, Markaziy bankning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmati bilan bog‘lanish so‘raldi (Tel.: 71 212-60-94, 71 212-73-62).
Shu bilan birga, agar banklar, mikromoliya yoki to‘lov tashkilotlari xizmat ko‘rsatish...